Узбек O'zbek
Lukaku uchun kurashda «Inter»ga raqobatchi paydo bo‘ldi
Chorshanba, 05 Iyun
3522

«Manchester Yunayted» hujumchisi Romelu Lukaku faoliyatini «Napoli»da davom ettirishi mumkin.

La Gazzetta dello Sport nashri ma’lumotiga ko‘ra, neapolitanliklar klubi 26 yoshli belgiyalik futbolchiga yiliga 10 mln yevro miqdoridagi maosh taklif qilmoqda.

«Napoli» Lukakuning «Inter»ga transferini barbod qilmoqchi, milanliklar hujumchiga yiliga 7,5 mln yevro (bonuslar ham) miqdoridagi maosh ko‘zda tutilgan 5 yillik shartnoma taklif qilgandi.

Yakunlangan mavsumda Lukaku manchesterliklarning barcha turnirlar doirasidagi 45 o‘yinida ishtirok etib, 15 gol urdi va 4 golga uzatma berdi. Uning «qizil iblislar» bilan amaldagi shartnomasi 2022 yil yoziga qadar mo‘ljallangan. Hujumchining transfer narxi 85 mln yevroga baholanadi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz