Узбек O'zbek
Sarri «Yuventus» himoyasini yulduz futbolchi bilan kuchaytirmoqchi
Seshanba, 04 Iyun
11303

«Napoli» himoyachisi Kalidu Kulibali «Yuventus» diqqat markazida bo‘lib turibdi.

Tuttosport xabariga ko‘ra, Turin klubi ushbu senegallik futbolchini va «PSJ» himoyachisi Markinosni «Ayaks» sardori Matteys de Ligtga muqobil nomzod sifatida ko‘rmoqda.

De Ligt uchun kurashda raqobat jiddiy kechayotgani aytilyapti. Unga «Yuve»dan tashqari «Barselona», «PSJ», «Manchester Yunayted» va «Manchester Siti» da’vogarlik qilmoqda.

Qayd etish kerak, tez orada «Yuventus»ga Mauritsio Sarri bosh murabbiy etib tayinlanishi mumkin. Sarri «Napoli» faoliyati orqali Kulibali haqida to‘liq ma’lumotga ega.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz