Узбек O'zbek
«Napoli» A Seriya to‘purarlaridan birini olishi mumkin
Seshanba, 04 Iyun
1264

«Atalanta» hujumchisi Duvan Sapata «Napoli» klubiga qaytishga yaqin.

Sky Sport Italia xabariga ko‘ra, neapolliklar kolumbiyalik futbolchi bilan hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishgan va yaqin orada shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Qayd qilinishicha, transfer bitimiga Roberto Ingleze qo‘shib beriladi. Uning xizmatiga «Atalanta» bosh murabbiyi Jan Pero Gasperini qiziqish bildirayotgan edi.

Sapata 2013-2018 yillarda «Napoli» sharafini himoya qilgan, ammo asosiy tarkibda o‘rnashib qololmagan.

O‘tgan mavsumda 28 yoshli futbolchi barcha musobaqalarda 48ta o‘yinda maydonga tushib, 28ta gol urgan va 8ta golga hammualliflik qildi.

A Seriyada esa 23ta gol urib, to‘purarlar bahsida ikkinchi bo‘ldi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz