Узбек O'zbek
«Chelsi» Allegri bilan aloqaga chiqdi
Dushanba, 03 Iyun
2423

«Yuventus» va «Chelsi»da bosh murabbiy almashishi mumkin.

Turin klubi Mauritsio Sarri bilan kelishuvga erishgani haqidagi mish-mishlar fonida Daily Star «aristokratlar» Massimiliano Allegri bilan aloqaga chiqqani haqida xabar tarqatdi.

Allegri «Yuve»ni besh mavsumdan buyon boshqarib kelayotgan va yakunlangan mavsum oxirida o‘zaro kelishuv asosida lavozimidan ozod etilgandi.

Sarri esa «Chelsi»ni bir yildan buyon boshqarmoqda, ammo London klubi uni qo‘yib yuborishga qarshi emas. ESPN`ning ma’lum qilishicha, «Yuve» 60 yoshli murabbiyning shartnomasida belgilangan 5 mln funtlik tovon pulini to‘lasa, uni ishga olishi mumkin bo‘ladi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz