Узбек O'zbek
Messi: «Qoqilsam-da, o‘rnimdan turib, kurashishda davom etaman»
Shanba, 01 Iyun
3879

Argentina termasi sardori Lionel Messi faoliyatini yakunlashidan oldin milliy jamoa safida sovrin yutishni istayotgani haqida aytib o‘tdi.

«Kareram oxirigacha Argentina bilan qandaydir sovrinni qo‘lga kiritsam deyman. Qoqilib, yana o‘rnimdan turib, orzum uchun kurashda davom etaman, intilishdan to‘xtamayman», – degan Messidan iqtibos keltirdi Marca.

Leo va uning jamoadoshlarida shu yil yirik musobaqada chempion bo‘lish imkoni bor: 14 iyundan 7 iyulgacha Braziliyada Amerika Kubogi bo‘lib o‘tadi. Unda argentinaliklar Kolumbiya, Paragvay va Qatar milliy jamoalari bilan bir guruhdan o‘rin olgan.

Eslatib o‘tamiz, uch yil oldin AQSHda o‘tkazilgan o‘tgan galgi Kopa Amerikada Argentina milliy jamoasi ikkinchi o‘rinni olgan, finalda penaltilar seriyasiga ko‘ra Chiliga yutqazgandi. O‘shanda Messi 11 metrlik nuqtadan darvozani ishg‘ol eta olmagan.

31 yoshli hujumchi 2007 va 2015 yilgi Kopa Amerika finallarida ham, JCH-2014ning hal qiluvchi o‘yinida ham yengilgan.

U Argentina yoshlar termasi safida 2005 yilda jahon chempioni bo‘lgan, olimpiya termasi bilan 2008 yilgi Olimpiadada g‘olib chiqqan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz