Узбек O'zbek
De Laurentis: «Napoli»ga tez orada kuchli hujumchi keladi»
Shanba, 01 Iyun
4727

«Napoli» prezidenti Aurelio De Laurentis klub yangi hujumchi sotib olish niyatida ekanini aytdi.

«Jamoa, shubhasiz, kuchaytiriladi. Lekin bunga sabr kerak. «Napoli» xaridlarni amalga oshirishdan oldin kimnidir sotishi kerak.

Hozir hujum chizig‘ini mustahkamlash harakatidamiz. Kuchli hujumchi izlayapmiz. Dushanba kuni sizlarni yangilikdan xabardor qilaman», – degan De Laurentisning so‘zlarini keltirdi Sky Sport Italia.

Avvalroq Italiya vitse-chempioni «Real» yarimhimoyachisi Xames Rodrigesga qiziqayotgani xabar qilingan edi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz