Узбек O'zbek
Anchelotti «Real»dagi sobiq shogirdini «Napoli»ga o‘tishga ko‘ndirdi
Shanba, 01 Iyun
9793

«Real» yarimhimoyachisi Xames Rodriges «Napoli»ga o‘tishi kutilyapti.

AS`ning xabar berishicha, Neapol klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti 27 yoshli xavbekni o‘z jamoasiga kelishga ko‘ndirgan. Ular «qirollik klubi»dagi faoliyatlari orqali ustoz va shogird sanalishadi.

Hozirda ispan va italyan klublari transfer borasida kelishuvga erishishmagan.

Xames oxirgi ikki mavsumni ijara asosida «Bavariya»da o‘tkazdi. Myunxen klubi 15 iyungacha uning transfer huquqini 42 mln yevroga sotib olishi mumkin. Ammo kolumbiyalik futbolchining bosh murabbiy Niko Kovach bilan yakdil emasligi bois buning ehtimoli kamligi aytilmoqda.

Kolumbiyalik futbolchi bu mavsum Bundesligada 20ta o‘yin o‘tkazib, 10ta golda (7+3) bevosita qatnashdi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz