Узбек O'zbek
«Bavariya» Dibala bo‘yicha yangi taklif jo‘natdi
Juma, 31 May
2093

«Bavariya» klubi hamon «Yuventus» hujumchisi Paulo Dibalani qo‘lga kiritishni istamoqda.

Corriere dello Sport xabariga ko‘ra, myunxenliklar futbolchining transferi bo‘yicha yangi, 90 million yevrolik taklif jo‘natgan. Avvalroq, «Bavariya» 80 million yevro bermoqchi edi, ammo bu «Yuventus»ni qoniqtirmadi.

Bu mavsumda Dibala «Yuventus» tarkibida barcha musobaqalarda 42ta o‘yinda maydonga tushib, 10ta gol urgan va 6ta golga hammualliflik qilgan. Argentina milliy jamoasi tarkibida 19ta o‘yinda atigi 1ta gol urgan xolos.

Avvalroq, Dibalaning Ronaldu bilan raqobatlasha olmagani sababli, «Yuventus»ni tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Keyinchalik, futbolchining o‘zi bu gap-so‘zlarni inkor qildi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz