Узбек O'zbek
«Napoli» muxlislari «Yuventus»ga ishga o‘tishi aytilayotgan Sarrini xiyonat qilmaslikka chaqirdi
Chorshanba, 29 May
1389

«Napoli» muxlislari jamoaning sobiq bosh murabbiyi Mauritsio Sarri jamoaning asosiy raqibi – «Yuventus»ga ishga o‘tishiga qarshi aksiya uyushtirishdi.

Football Italia`ning yozishicha, neapollik muxlislar Sarrining uyi qarshisiga banner ilib ketishgan. Unda: «Komandir, seni yaxshi ko‘radigan Neapol aholisiga xiyonat qilma», – degan so‘zlar bitilgan.

Qayd etish joiz, so‘nggi vaqtlarda Mauritsio Sarri «Yuventus»ga ishga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalmoqda. Kecha u Turin klubi bilan bitim shartlarini kelishib olgani, yangi jamoasida birinchi bo‘lib «Real»dan yarimhimoyachi Iskoni transfer qilmoqchi ekani ma’lum qilingan edi.

60 yoshli italiyalik mutaxassis «Chelsi»ga kelishidan oldin, 2015-2018 yillarda «Napoli» bosh murabbiyi bo‘lib ishlagan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz