Узбек O'zbek
«Napoli»da transferlar uchun pul yo‘q
Dushanba, 27 May
3024

«Napoli» klubi rahbariyatining bosh murabbiy Karlo Anchelotti bilan o‘tkazgan yozgi transfer rejalari muhokamasi muvaffaqiyatsiz tugadi, deb xabar beradi Calciomercato.

Klub prezidenti Aurelio De Laurentis nishonda bo‘lgan futbolchilar ro‘yxati bilan tanishib, ularni xarid qilish uchun pul yo‘qligini aytgan. U avvalo murabbiyga keraksiz bo‘lgan futbolchilarni sotib yuborishni, shundan keyingina yangi futbolchilar haqida o‘ylash lozimligini ta’kidlagan.

Shuningdek, mulozim «Napoli»ning «Real» emasligini va yiliga 10 million yevro maosh oladigan futbolchilarni xarid qilish imkoniyati yo‘qligini, shu tufayli, yosh futbolchilar transferi zarurligini uqtirgan.

31 may kuni De Laurentis va Anchelotti yana bir bor uchrashib, transferlar masalasida umumiy til topishga harakat qilishi aytilmoqda.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz