Узбек O'zbek
Allegri: «Ketayotganimdan afsusda emasman»
Dushanba, 27 May
3693

«Yuventus» yakshanba kuni A Seriyaning so‘nggi turida bosh murabbiy Massimiliano Allegri qo‘l ostidagi oxirgi o‘yinini o‘tkazdi. Jamoa «Sampdoriya» mehmoni bo‘lib, 0:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

O‘yindan keyingi matbuot anjumanida Allegri klubni tark etayotganidan afsusda emasligini bildirdi.

«Men o‘zimdan keyin muzaffar jamoani qoldirmoqdaman. Yigitlar keyingi mavsumda skudettoni himoya qila olishiga 80 foizga ishonaman. Birozgina omad bo‘lsa, YeCHLda ham g‘olib chiqa olishadi.

Klub bilan birgalikda shu qarorga keldim. Ketayotganimdan afsusda emasman. Klubdagi barcha-barchaga rahmat aytmoqchiman», – dedi Allegri.

Eslatib o‘tamiz, 51 yoshli mutaxassis 2014 yildan «byankoneri»ga ustozlik qilib keldi. U bunga qadar «Milan», «Kalyari» va «Sassuolo» kabi klublarda ishlagan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz