Узбек O'zbek
«Real» 90 mln yevrolik taklifiga rad javobini oldi
Shanba, 25 May
11471

«Real» «Napoli»dan himoyachi Kalidu Kulibalini sotib olishga uringan, deb xabar tarqatdi Corriere dello Sport.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, «qirollik klubi» 27 yoshli senegallik futbolchi uchun 90 mln yevro taklif qilgan, ammo «Napoli» asosiy o‘yinchilaridan birini qo‘yib yuborishni istamagan.

Avvalroq Neapol klubi Kulibali bo‘yicha «Manchester Yunayted»ning 110 mln yevrolik taklifiga rozi bo‘lmagani xabar qilingan edi.

Kulibali bu mavsum klubning 48ta o‘yinda maydonga tushib, ikkita gol urdi va bitta golga assistentlik qildi. Uning shartnomasi 2023 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz