Узбек O'zbek
Valdano: «Peresning bog‘iga Zidanning haykalini o‘rnatish kerak»
Payshanba, 23 May
6572

«Real»ning sobiq direktori Xorxe Valdano Zinedin Zidanning bosh murabbiy lavozimiga qaytishi qarori haqida o‘z fikrlarini aytdi. Uning so‘zlarini ESPN nashri keltirib o‘tdi.

«Menimcha, Zidanning «Real»ga qaytishga qaror qilishi – haqiqiy jasorat. U tavakkalga qo‘l urayotganini yaxshi tushunardi, ammo baribir shunday qildi.

Prezident va klub undan minnatdor bo‘lishi kerak. «Santyago Bernabeu»da Zidanga haykal qo‘yib, uning yana bir yodgorligini Florentino Peresning bog‘iga o‘rnatish kerak.

Zidan kelganida «Real» mavsumni bu qadar xotirjam yakunlay olmasdi. Sport direktori bo‘lmaganda qaror qabul qilish mas’uliyatini murabbiy to‘la o‘z zimmasiga oladi. U keyingi mavsum uchun tarkibni shakllantirish ishlarini o‘z yelkasiga olib, tavakkal qilishga rozi bo‘ldi», – dedi Valdano.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz