Узбек O'zbek
Ter Stegen Ispaniya kubogi finalida qatnashmaydi
Payshanba, 23 May
2733

«Barselona» darvozaboni Mark-Andre ter Stegen «Valensiya»ga qarshi kechadigan Ispaniya kubogi finalini o‘tkazib yuboradi.

Klub rasmiy saytida ma’lum qilinishicha, 27 yoshli posbon jarohat tufayli mavsumni ertaroq yakunlagan. U tizzasidan shikastlangan, shu bois keyingi haftalar mobaynida davolash kursini o‘taydi.

Avvalroq ter Stegen Germaniya milliy jamoasining iyun oyidagi yig‘iniga chaqirilmagani ma’lum bo‘lgandi.

«Barselona»-«Valensiya» o‘yini 25 may kuni Sevilyadagi «Benito Vilyamarin» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz