Узбек O'zbek
Regilon: «Yuz foiz aniq, keyingi mavsum «Real» albatta sovrin yutadi»
Payshanba, 23 May
2381

«Real» himoyachisi Serxio Regilon keyingi mavsumdan nimalar kutayotgani va klubdagi kelajagi haqida gapirib o‘tdi. Bu haqda Goal xabar bermoqda.

«Keyingi mavsumda uchta sovrindan bittasini qo‘lga kiritamiz, bu – yuz foiz aniq.

Yevropa klublaridan takliflar bo‘lyapti. Xorijda o‘ynashga yo‘q demagan bo‘lardim, lekin hammasidan ham avval «Real»da qolishni istayapman. Mish-mishlar ko‘p, lekin hammasi klub rahbariyatiga bog‘liq.

Murabbiy bilan suhbatim tafsilotlari oramizda qoladi. Ikkita o‘yinda maydonga tushganimdan xursandman.

Men xotirjamman. Maqsadim – «Real»da qolish, ammo ko‘ramiz, nima bo‘larkin. Yoz – uzoq, hamma narsa bo‘lishi mumkin», – dedi Regilon.

Ma’lumot uchun, Serxio bu mavsum «qaymoqranglilar»ning barcha musobaqalar doirasidagi 22ta o‘yinida maydonga tushib, uchta golga assistentlik qildi. U bosh murabbiy Zinedin Zidan jamoaga qaytganidan so‘ng faqat ikkita uchrashuvda qatnashdi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz