Узбек O'zbek
«MYU» De Ligtdan yana rad javobini oldi
Payshanba, 23 May
3025

«Manchester Yunayted» «Ayaks»dan himoyachi Matteys de Ligtni sotib olishga urinmoqda.

Ingliz matbuotidagi xabarlarga ko‘ra, «qizil iblislar» de Ligtga ikkinchi marta taklif yuborib, bu safar yiliga 14 mln yevro maosh to‘lashga tayyor ekanliklarini bildirishgan. Ammo Matteys bu gal ham «MYU» chaqiruviga ro‘yxushlik bermagan.

Amsterdam klubi sardori «Barselona»ga o‘tishga qat’iy ahd qilgani haqida bir necha oydan buyon aytib kelinadi. So‘nggi xabarlarda u ingliz jamoalari taklifiga ko‘nmagani, «Ayaks» va «Barselona» esa transfer qiymati 74 mln yevro bo‘lishiga kelishib olgani ma’lum qilingan edi.

De Ligt joriy haftada Voletbalprimeur nashriga intervyu berib, «Barselona»ga o‘tayotgan jamoadoshi Frenki de Yong bilan yana bir klubda o‘ynash istagi borligini aytgan edi.

«Frenki bilan yana bir jamoada o‘ynasak yaxshi bo‘lardi, lekin hozir kelgusida nima bo‘lishi haqida aniq bir narsa deya olmayman», – degandi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «MYU»ning himoyachi Kalidu Kulibali xaridi bo‘yicha navbatdagi urinishi ham samarasiz yakunlangani, «Napoli»ga 110 mln yevrolik taklifga ko‘nmagani xabar qilingan edi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz