Узбек O'zbek
Maradona Buenos-Ayres aeroportida hibsga olinganini rad etdi
Payshanba, 23 May
1207

Argentinalik futbol afsonasi Diyego Maradona Buenos-Ayres aeroportida qo‘lga olingani haqidagi xabarni rad etdi.

«Meni hech kim to‘xtatgani. Hibsga olinmadim. Hech kim qamoqqa tashlagani ham yo‘q.

Aeroportdagi xodimlar menga a’lo darajada munosabatda bo‘lishdi. Men imzolashim kerak bo‘lgan hujjatlarga qo‘l qo‘ydim, shu xolos», – degan Maradonaning so‘zlarini keltirmoqda Ciudad Magazine.

Manbaga ko‘ra, aeroportda Maradonani qallig‘i tomonidan unga nisbatan da’vo qo‘zg‘atilgani haqida xabardor qilishgan xolos.

Avvalroq The Sun Meksikaning «Dorados» klubi bosh murabbiyi bo‘lib ishlayotgan mutaxassis Meksikadan vataniga qaytganida Buenos-Ayres aeroporti politsiyasi tomonidan ushlangani haqida xabar bergan edi.

Ingliz nashriga ko‘ra, 58 yoshli murabbiy so‘roq qilingach, 13 iyun kuni sudga kelishi sharti bilan qo‘yib yuborilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Maradonaning qallig‘i Rosio Oliva 5,6 million yevro kompensatsiya talab qilib, uni sudga bergan. Ular 6 yil davomida birga yashagan edilar.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz