Узбек O'zbek
«Barselona» niderlandiyalik iqtidor transferini e’lon qildi
Payshanba, 23 May
5838

Niderlandiyaning «Groningen» klubi yarimhimoyachisi Lyudovit Reys «Barselona»ga o‘tdi.

Kataloniyaliklar sayti xabariga ko‘ra, uning transfer qiymati 3,25 million yevroni tashkil qildi. 18 yoshli futbolchi bilan 3 yillik shartnoma imzolandi, bunda uni yana 2 yilga uzaytirish bandi ham ko‘zda tutilgan. Tovon puli 100 million yevro qilib belgilandi.

Reys – kelib chiqishi slovakiyalik bo‘lib, «Groningen» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Futbolchi 2017 yildan beri asosiy tarkibda o‘ynamoqda. Bu mavsumda Reys Niderlandiya chempionatida 31ta o‘yinda maydonga tushib, 1ta gol urgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz