Узбек O'zbek
«Barselona» Niderlandiyadan yosh futbolchini transfer qilmoqda
Payshanba, 23 May
6758

«Groningen» yarimhimoyachisi Lyudovit Reys Ispaniya chempionatiga yo‘l oladi. El Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, «Barselona» 18 yoshli futbolchi transferi bo‘yicha kelishuvga erishgan. 

Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, kataloniyaliklar havbek uchun 7 mln yevro to‘lashadi va futbolchi bilan 5 yillik shartnoma imzolashadi.

Reys yaqin vaqtlar ichida tibbiy ko‘rikdan o‘tishi va shundan keyin jamoa a’zosi sifatida tanishtirilishi kutilmoqda. Yangi mavsumni u kataloniyaliklarning o‘rinbosarlar jamoasida boshlaydi.

Reys Niderlandiya chempionatining yakunlangan mavsumida 29 o‘yinda maydonga tushdi va bir gol urib, bir golga uzatma berdi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz