Узбек O'zbek
«Lokomotiv» Rossiya Kubogini qo‘lga kiritdi
Chorshanba, 22 May
1786

Rossiyada Kubok finali o‘tkazildi.

Moskvaning «Lokomotiv» klubi Yekaterinburgning «Ural» klubi bilan bellashdi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Yagona gol 27-daqiqada Barinov tomonidan urildi.

Natijada, «temiryo‘lchilar» o‘z tarixida 8-marta (1996, 1997, 2000, 2001, 2007, 2015, 2017, 2019) nufuzli sovrinni qo‘lga kiritishdi. Bu Rossiya futbolidagi rekorddir. Moskvaning SSKA klubi 7 marta Kubok sohibi bo‘lgan.

Rossiya Kubogi
Final
22 may, Samara
Lokomotiv (Moskva) – Ural (Yekaterinburg) – 1:0
(1:0) 
Gol: 1:0 – Barinov, 27.
«Lokomotiv»: Gilerme, Idovu, Chorluka, Lisov, Barinov, Fernandesh, Krixovyak, Jemaletdinov, Al. Miranchuk, An. Miranchuk (Tarasov, 67), Smolov.
«Ural»: Godzyur, Merkulov, Kulakov, Strandberg, Fidler (Bavin, 84), Yemelyanov, Bumal, El Kabir, Pogrebnyak, Panyukov (Aratore, 56), Ilin.
Ogohlantirishlar: Barinov, 40; Gilerme, 90+2 – Pogrebnyak, 59; Merkulov, 83; Yemelyanov, 88.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz