Узбек O'zbek
O‘zbekistonlik yosh karatechilar Nur-Sultan Open musobaqasidan 11 ta medal bilan qaytishdi
Seshanba, 21 May
429

18-19 may kunlari Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton shahrida karate WKF bo‘yicha Nur-Sultan Open-2019 xalqaro turniri o‘tkazildi. O‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi musobaqada o‘zbekistonlik yosh karatechilar ham qatnashib, umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egallashdi.

O‘zbekistonlik sportchilar musobaqadan 2 ta oltin, 1 ta kumush, 8 ta bronza medallari bilan qaytishdi. Isfandiyor Nuriddinov hamda Artur Sagirov Nur-Sultan Open-2019 musobaqasida oltin medalni qo‘lga kiritishdi. Botir Dadajonov esa kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Alnur Maliboyev, Humoyun Baxtiyorov, Daniyal Jaksilikov, Tumer Hamidov, Obid Sakiyev, Daniyel Li Bakli, Shohruz Alixonov va Amirjon Quliyevlar Qozog‘iston poytaxtidan bronza medallari bilan qaytishdi. Yosh karatechilar 20 may kuni O‘zbekistonga qaytib kelishdi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz