Узбек O'zbek
«Real» Yovich transferidan voz kechdi
Seshanba, 21 May
11478

«Ayntraxt» hujumchisi Luka Yovich katta ehtimol bilan «Real»ga o‘tmaydi.

El Chiringuito xabariga ko‘ra, madridliklar futbolchining juda baland qiymati tufayli transferdan voz kechgan. «Ayntraxt» serbiyalik to‘purar uchun 100 million yevro so‘ragan.

Avvalroq, «Real» Yovichni 60 million yevroga xarid qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Yovich 2017 yilda «Benfika»dan «Ayntraxt»ga ijara asosida o‘tgan edi. Aprel oyida nemis klubi uning transferini to‘liq sotib oldi.

Bu mavsumda Yovich «Ayntraxt» tarkibida barcha musobaqalarda 48ta o‘yinda maydonga tushib, 27ta gol urgan va 7ta golga hammualliflik qilgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz