Узбек O'zbek
«Napoli» A Seriya to‘purarini «nishonga oldi»
Seshanba, 21 May
4144

«Sampdoriya» hujumchisi Fabio Kualyarella «Napoli»ga o‘tishi mumkin.

Corriere dello Sport xabariga ko‘ra, neapolliklar prezidenti Aurelio de Laurentis bosh murabbiy Karlo Anchelotti bilan futbolchining transferi bo‘yicha maslahatlashgan.

36 yoshli Kualyarella A Seriyaning 36ta o‘yinida 26ta gol urib, to‘purarlar bahsida karvonboshilik qilyapti. Uning sermahsul o‘yini Italiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini e’tiboridan chetda qolmadi va iyun oyidagi o‘yinlarga chaqirildi. 

Qayd qilish joizki, Kualyarella 2009-2010 yillarda «Napoli» sharafini himoya qilgan va 84ta o‘yinda maydonga tushib, 11ta gol urgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz