Узбек O'zbek
Italyan futbolida shon-sharaf zalining yangi a’zolari taqdirlandi
Seshanba, 21 May
1494

2018 yil yakunlariga ko‘ra italyan futbolining shon-sharaf zalidan o‘rin olgan yangi a’zolar nomi ma’lum bo‘ldi.

«Italiyalik futbolchi» nominatsiyasida «Roma» afsonasi Franchesko Totti e’tirof etilgan bo‘lsa, «futbolchi-legioner» sifatida «Inter»ning argentinalik sobiq a’zosi Xaver Zanetti qayd etildi.

«Yuventus»dan iste’foga chiqqan Massimiliano Allegri «bosh murabbiy» sifatida zaldan o‘rin oldi. Shuningdek, Jankarlo Antononi «faxriy futbolchi» nominatsiyasiga loyiq ko‘rildi. Nikola Ritssoli esa shon-sharaf zali «hakami» deya tan olindi.

Italyan futbolining shon-sharaf zali 2011 yilda tashkil etilgan. Har yili tashkilotchilar o‘nga yaqin nominatsiyada e’tirof sohiblarini aniqlashadi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz