Узбек O'zbek
«Inter» «MYU»ga futbolchi almashishni taklif qilmoqda
Seshanba, 21 May
5506

«Inter» «Manchester Yunayted»dan hujumchi Romelu Lukakuni sotib olishga urinmoqda.

Italyan matbuotiga ko‘ra, «neradzurri» to‘liq transfer summasini to‘lamaslik yo‘llarini qidiryapti. Variantlardan biriga asosan, klub Lukaku uchun 30 mln yevro va yarimhimoyachi Ivan Perishichni taklif etmoqchi.

Qayd etilishicha, Romelu xaridi «Inter» uchun har tomonlama manfaatlidir. Birinchidan, klubni ushbu transferga jamoa bosh murabbiyi etib tayinlanishi kutilayotgan Antonio Konte undamoqda. Ikkinchidan, Perishich ham Milandan ketishni istayapti. Qolaversa, «Inter» shu orqali boshqa xaridlar uchun mablag‘ iqtisod qilishni o‘ylamoqda.

Lukaku bu mavsum «MYU»ning 45ta o‘yinida qatnashib, 15+4 samaradorlik ko‘rsatkichini qayd etdi. Perishich esa «Inter»ning 44ta o‘yinida maydonga tushdi va 9+8 mahsuldorlik natijasiga erishdi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz