Узбек O'zbek
Indzagi «Yuventus»ni boshqarishga rozi bo‘ldi
Seshanba, 21 May
4260

«Latsio» bosh murabbiyi Simone Indzagi «Yuventus»ni boshqarish taklifiga rozilik bildirdi. Bu haqda jurnalist Janluka Di Marsioning saytida ma’lum qilingan.

Turinliklar klubi sport direktori Fabio Paratichi o‘tgan haftada 43 yoshli mutaxassis bilan uchrashgan va mutaxassis «Yuventus»ni boshqarishga rozilik bergan.

Indzagining rimliklar klubi bilan amaldagi shartnomasi muddati 2020 yilga qadar tuzilgan. Bu mavsumda «Latsio» Italiya Kubogida g‘alaba qozondi,chempionat yakuniga bir tur qolgan vaqtda 8-o‘rinni egallab turibdi.

«Yuventus» Indzagidan tashqari Mauritsio Sarri nomzodini ham ko‘rib chiqayotgandi. «Chelsi» Sarrini ishdan bo‘shatib, uning o‘rniga klub afsonasi Frenk Lempardni taklif qilishni rejalashtirmoqda.

O‘tgan haftada turinliklar Massimiliano Allegri iste’fosini e’lon qildi.

Ayni vaqtda 51 yoshda bo‘lgan Allegri «Yuventus»ni 2014 yil yozidan buyon boshqarib kelayotgandi. So‘nggi besh mavsumda turinliklar uzluksiz chempion bo‘lib kelishgan, 4 marta Italiya Kubogi sohibi va ikki marta Italiya Superkubogi sohibi bo‘lishgan. Turinliklar Allegri davrida ikki marta Chempionlar ligasi finaliga chiqishganli, jamoa 2015 yilda «Barselona»ga (1:3), 2017 yilda «Real»ga (1:4) yutqazgandi.

Byankonerilar YeCHLning joriy mavsumida 1/4 finalgacha yetib borib, «Ayaks» to‘sig‘idan o‘ta olmadi (1:1 va 1:2). Jamoa A Seriyada muddatidan avval chempion bo‘ldi, turinliklar mavsum yakuniga ikki tur qolganida eng yaqin ta’qibchisi «Napoli»ni 13 ochko ortda qoldirishgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz