Узбек O'zbek
Argentina Amerika Kubogiga boradigan tarkibni e’lon qildi – Messi va Dibala bor, Ikardi yo‘q
Seshanba, 21 May
4433

Argentina milliy jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni Amerika Kubogi – 2019 musobaqasida ishtirok etadigan tarkibni e’lon qildi.

Ro‘yxatga 23 nafar futbolchi kiritildi. Ularning orasida «Barselona» yetakchisi Lionel Messi va «Yuventus» hujumchisi Paulo Dibala bor, ammo «Inter» to‘purari Mauro Ikardi yo‘q.

To‘liq ro‘yxat qo‘yidagicha:

Darvozabonlar: Franko Armani («River Pleyt»), Esteban Andrada («Boka Xuniors»), Agustin Markesin («Amerika»);

Himoyachilar: Renso Saraviya («Rasing Avelyaneda»), Nikolas Otamendi («Manchester Siti»), Xerman Petsselya («Fiorentina»), Nikolas Talyafiko («Ayaks»), Markos Akunya («Sporting»), Ramiro Funes Mori («Vilyarreal»), Xuan Foyt («Tottenhem»);

Yarimhimoyachilar: Leandro Paredes, Anxel Di Mariya (ikkalasi ham – «PSJ»), Jovani Lo Chelso («Betis»), Esekiel Palasios («River Pleyt»), Gido Rodriges («Amerika»), Roberto Pereyra («Uotford»), Rodrigo de Paul («Udineze»), Federiko Saracho («Rasing Avelyaneda»);

Hujumchilar: Lionel Messi («Barselona»), Serxio Aguero («Manchester Siti»), Lautaro Martines («Inter»), Paulo Dibala («Yuventus»), Matias Suares («River Pleyt»).

Amerika Kubogi 14 iyun – 7 iyul kunlari Braziliyada o‘tkaziladi. Argentina milliy jamoasi V guruhida Kolumbiya, Paragvay va Qatar bilan bellashadi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz