Узбек O'zbek
«Napoli» 110 mln yevroga ham ko‘nmadi – «MYU» yana rad javobini oldi
Dushanba, 20 May
6397

«Napoli» «Manchester Yunayted»ning himoyachi Kalidu Kulibali xaridi bo‘yicha navbatdagi taklifini ham rad etdi.

Italyan matbuotidagi xabarlarga qaraganda, «MYU» 27 yoshli senegallik uchun 110 mln yevro to‘lashga tayyor bo‘lgan. Ammo neapolliklar klubi prezidenti Aurelio De Laurentis ushbu himoyachini sotishni istamayapti.

La Gazzetta dello Sport nashri jurnalisti Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, Kulibalining 2023 yilgacha mo‘ljallangan shartnomasida 150 mln yevrolik tovon puli ko‘rsatib o‘tilgan band 2020 yildan kuchga kiradi. Avvalroq jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti bu punkt 2021 yildan amal qila boshlashini aytgandi.

«Napoli» o‘tgan yili noyabrda Kulibalini 90 mln yevroga «MYU»ga sotishga rozi bo‘lmagandi. «Qizil iblislar» dekabr oyida ham 103 mln yevro taklif qilib, rad javobini olishdi.

27 yoshli Kalidu bu mavsum A Seriyaning 35ta turida qatnashib, ikkitadan gol va pas muallifi bo‘ldi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz