Узбек O'zbek
«Galatasaroy» so‘nggi daqiqalarda urilgan gollar evaziga Turkiya Kubogini qo‘lga kiritdi
Payshanba, 16 May
2428

Turkiyada mamlakat Kubogining finali o‘tkazildi.

«Galatasaroy» irodali tarzda «Oqhisor»ni mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi. O‘yin yakunlanishiga 10 daqiqa qolganida «Oqhisor» 1:0 hisobida oldinda edi. Ammo istanbulliklar iroda namoyish qilib, so‘nggi daqiqalarda uchta gol urishga muvaffaq bo‘lishdi.

Natijada «Galatasaroy» o‘z tarixida 18-marta nufuzli sovrinni qo‘lga kiritdi. Bu Turkiya rekordidir.

Turkiya Kubogi. Final. 
15 may. Sivash. «4 sentyabr» stadioni

OQHISOR - GALATASAROY - 1:3 (0:0).

Gollar: Manu, 56 (1:0). Gumush, 80 - penalti (1:1). Fig‘uliy, 88 (1:2). Dian, 90+4 (1:3).

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz