Узбек O'zbek
De Ligt de Yong bilan birga «Ayaks»dan ketishi haqidagi xabarlarga izoh berdi
Payshanba, 16 May
8355

«Ayaks» himoyachisi Matteys de Ligt mavsum yakunlariga ko‘ra klubni tark etishi haqidagi ma’lumotga izoh berdi.

«Biz chempionatda endigina g‘olib bo‘ldik, hozir men klubni de Yong bilan birga tark etishim haqida gapirish vaqti emas.

Yozda barchasini o‘ylab ko‘rish kerak. Ko‘ramiz, nima bo‘larkin», – degan de Ligt.

Bundan avvalgi xabarlarda, ushbu 19 yoshli himoyachi «Barselona» bilan kelishuvga erishib bo‘lgani, transfer qiymati 70 million yevroni tashkil etishi aytilgandi.

Amsterdamliklar klubi yarimhimoyachisi Frenki de Yong yozda 75 million yevro evaziga «Barselona» safiga o‘tishi aniq bo‘lgan.

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz