Узбек O'zbek
«Chelsi» Iguain bo‘yicha yakuniy qarorga keldi
Payshanba, 16 May
7906

«Chelsi» rahbariyati mavsum yakunida hujumchi Gonsalo Iguainni «Yuventus»ga qaytarib yuborishga qaror qildi, deb xabar tarqatdi Daily Mail. Hujumchi shu yil yanvarda ijaraga olingandi.

London klubi, turinliklar jamoasi bilan imzolagan bitimga asosan, ijara muddatini keyingi mavsumga ham uzaytirishi yoki to‘la transfer huquqini sotib olishi mumkin edi. Ammo «ko‘klar» ikkala variantdan ham foydalanmoqchi emas.

Ta’kidlanishicha, «Chelsi» rahbarlarining qarori qat’iy va u klub FIFA tomonidan qo‘yilgan transfer taqiqini bekor qilishga erisha olishi yoki olmasligidan qat’i nazar o‘zgarmay qoladi.

Gonsaloning «Yuve» bilan shartnomasi hali ikki yil amal qiladi. Ammo u «keksa sinora»ning rejalaridan o‘rin olmagan. Shu tariqa, Iguain yozda yangi jamoaga o‘tishi kutilyapti.

31 yoshli argentinalik hujumchi yanvar-may oylari davomida «aristokratlar»ning 21ta o‘yinida maydonga tushib, 5ta gol muallifi bo‘ldi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz