Узбек O'zbek
«Barselona» Grizmann va de Ligt transferi uchun qator futbolchilarini sotadi
Payshanba, 16 May
10386

«Barselona» yozgi transferlardagi maqsadlarini belgilab olgan.

Katalonlar klubi «Ayaks»dan Frenki de Yongni transfer qilib bo‘lgan va endi amsterdamliklar klubi himoyachisi Matteys de Ligt va «Atletiko» hujumchisi Antuan Grizmanni sotib olmoqchi. Bu uch futbolchi transferi xarajatlari jami 265 million yevroga baholanmoqda.

Marca ma’lumotiga ko‘ra, «Barsa»ning mablag‘lari faqat de Yong transferini qoplashga yetadi (75 million yevro). Klub yana 190 million yevroni – Grizmann uchun 120 million yevro, de Ligt uchun 70 million yevro – qator futbolchilarini transferga qo‘yish orqali topmoqchi.

Xarajatlarni qoplash uchun Ispaniya chempioni Filippe Koutino (taxminan 100 mln yevro), Ivan Rakitich (50 mln.gacha), Samyuel Umtiti (40 mln), Yasper Silessen (30 mln), Malkom (kamida 40 mln), Ande Gomesh (20-25 mln), Denis Suares, Rafinya Alkantara (bu ikki futbolchining aniq narxi belgilanmagan), Mark Kukurelya (10 mln) va Nelson Semedu (35 mln) kabilardan ba’zilarini transferga qo‘yishga tayyor.

Shu bilan birgalikda, «Atletiko» va «Barselona» Grizmann va Koutinoni ayirboshlashi mumkinligi haqida ham xabarlar tarqalgan.

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz