Узбек O'zbek
Umid Ahmadjonov MOQ prezidentligidan iste’foga chiqdi
Chorshanba, 15 May
7710

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov iste’foga chiqdi. Bu haqdagi ma’lumotni uning o‘zi Kun.uz’ga tasdiqladi.

Bugun, 15 may kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligida mazkur masalaga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tadi.

Unda Ahmadjonov iste’foga chiqarilib, qo‘mitaning yangi prezidenti e’lon qilinishi kutilmoqda.

Ayni vaqtda qo‘mita rahbarligi uchun nomzodlar ko‘rib chiqilmoqda.

Hozircha amaldagi rahbarning ishdan ketish sabablari ma’lum emas.

Ma’lumot uchun, Umid Ahmadjonov bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyaning birinchi vitse-prezidenti lavozimida ham faoliyat yuritadi. U O‘FFda qolish-qolmasligi haqida hozircha aniq ma’lumot yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, Umid Ahmadjonov 2018 yil 16 yanvar kuni Alisher Sultonov o‘rniga qo‘mita prezidenti etib saylangandi.

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz