Узбек O'zbek
Sarri «Chelsi» Yevropa Ligasida g‘olib bo‘lsa ham ketadi
Chorshanba, 15 May
4182

«Chelsi» bosh murabbiyi Maurisio Sarri mavsum yakunida klubni tark etishi oydinlashmoqda.

Gazzetta dello Sport manbasi ma’lumotiga ko‘ra, londonliklar klubi xo‘jayini Roman Abramovich 60 yoshli italiyalik mutaxassisni jamoa Yevropa Ligasida g‘olib bo‘lgan taqdirda ham iste’foga chiqarishga qaror qilgan.

Iste’foga asosiy sabab sifatida Sarri «Chelsi» muxlislari orasida hurmatga sazovor bo‘la olmagani aytilmoqda. Italiyalik mutaxassis klubda joriy etgan himoyaviy o‘yin uslubi muxlislarning noroziliklariga sabab bo‘lgan.

Ayni vaqtda Sarriga «Milan» va «Roma» klublari da’vogar bo‘lib turibdi. Bundan tashqari, Massimiliano Allegri «Yuventus»ni tark etishga qaror qilsa, turinliklar ham Sarri nomzodiga yuzlanishi mumkin.

Ma’lumot uchun, «Chelsi» Angliya chempionatida 2018-19 yilgi mavsumni 72 ochko bilan uchinchi o‘rinda yakunladi.

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz