Узбек O'zbek
Mourino: «PSJ»ning YeCHLdan chiqib ketishi sababini bilaman, «MYU» haqida esa gapirishni istamayman»
Chorshanba, 15 May
5741

«Manchester Yunayted» sobiq bosh murabbiyi Joze Mourinodan «PSJ»ning YeCHLdan chiqib ketishi va «MYU»dagi inqiroz haqida so‘rashdi.

«PSJ»ning Chempionlar ligasidan qay tarzda chiqib ketganini tushuntirib o‘tirgim kelmayapti. Nega bunday bo‘lganini bilaman, deb o‘ylayman, lekin o‘z fikrimni aytishni istamayapman.

«Manchester Yunayted»? Ular haqida gapirgim yo‘q. Bunga ehtiyojim ham yo‘q, deb hisoblayman. Chunki vaqt hamma narsani o‘z o‘rniga tushirib, vaziyatni oydinlashtiradi. Parijda qozonilgan g‘alaba kutilmagan hol bo‘ldi, vaholanki biz bundan oldin guruh bosqichida Turinda «Yuventus»ni yenggan edik», – dedi Mourino L’Équipe nashri bilan suhbatda. 

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz

06.08
Avgust