Узбек O'zbek
Messi va Ikardi Argentina milliy jamoasi bilan Amerika Kubogiga borishi mumkin
Chorshanba, 15 May
2319

Argentina milliy jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni Amerika Kubogi – 2019 musobaqasi uchun kengaytirilgan tarkibni e’lon qildi.

Unga 32 nafar futbolchi kiritildi:

Darvozabonlar: Franko Armani («River Pleyt»), Esteban Andrada («Boka Xuniors»), Agustin Markesin («Amerika»), Xuan Musso («Udineze»), Xeronimo Ruli («Real Sosedad»);

Himoyachilar: Renso Saraviya («Rasing Avelyaneda»), Gabriel Merkado («Sevilya»), Nikolas Otamendi («Manchester Siti»), Xerman Petsselya («Fiorentina»), Valter Kannemann («Gremio»), Nikolas Talyafiko («Ayaks»), Markos Akunya («Sporting»), Ramiro Funes Mori («Vilyarreal»), Xuan Foyt («Tottenhem»);

Yarimhimoyachilar: Leandro Paredes, Anxel Di Mariya (ikkalasi ham – «PSJ»), Jovani Lo Chelso («Betis»), Eksekiel Palasios («River Pleyt»), Gido Rodriges («Amerika»), Roberto Pereyra («Uotford»), Rodrigo de Paul («Udineze»), Federiko Saracho («Rasing Avelyaneda»), Gonsalo Martines («Atlanta Yunayted»), Paulo Dibala («Yuventus»), Maksimiliano Mesa («Monterrey»), Ivan Markone («Boka Xuniors»);

Hujumchilar: Lionel Messi («Barselona»), Serxio Aguero («Manchester Siti»), Lautaro Martines, Mauro Ikardi (ikkalasi ham – «Inter»), Anxel Korrea («Atletiko»), Matias Suares («River Pleyt»).

Yakuniy tarkib keyingi haftada e’lon qilinadi. Amerika Kubogi 14 iyun kuni start oladi. Argentina milliy jamoasi V guruhida Kolumbiya, Paragvay va Qatar bilan bellashadi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz