Узбек O'zbek
«Manchester Yunayted» Nikolya Pepe uchun kurashga qo‘shildi
Chorshanba, 15 May
1989

«Manchester Yunayted» «Lill» hujumchisi Nikolya Pepega jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Daily Mirror nashri ma’lumotiga ko‘ra, mankunianliklar fransuzlar klubiga ushbu ivuarlik futbolchi uchun 50 million yevro taklif qilmoqchi.

Bundan avvalgi xabarlarda Pepega «Bavariya», «Inter», «Barselona», «Pari Sen-Jermen» va «Arsenal» kabi grand klublar talabgor ekani aytilgandi. OAV ma’lumotiga ko‘ra, bu raqobatda myunxenliklar klubi favorit hisoblanadi, nemislar klubi rahbariyati uni yozgi transferlardagi asosiy nishoni sifatida belgilab olgan.

Ayni vaqtda 23 yoshda bo‘lgan Pepe «Lill»ga 2017 yil yozida 10 million yevro evaziga «Anje» safidan kelib qo‘shilgan. U joriy mavsumda Fransiya chempionatining 36 uchrashuvida maydonga tushib, 20 gol urdi (8tasi — penaltidan), 11 golga uzatma berdi. Uning klub bilan shartnomasi 2022 yil yoziga qadar tuzilgan.

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz