Узбек O'zbek
Jahon chempionati sovrindori Hindiston milliy jamoasi bosh murabbiyi bo‘ldi
Chorshanba, 15 May
3910

Xorvatiyalik Igor Shtimats Hindiston milliy jamoasiga bosh murabbiy qilib tayinlandi.

Hindiston futbol federatsiyasi 51 yoshli mutaxassis bilan 2 yillik shartnoma imzoladi. U 5 iyun kuni Kyurasao milliy jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida debyut qiladi.

Shtimats murabbiylik faoliyati davomida Xorvatiyaning «Zagreb» va «Zadar», Eronning «Sipohan» va Qatarning «Ash-Shaxaniya» klublarini, shuningdek, Xorvatiya milliy jamoasini boshqargan. 

Shtimats futbolchilik faoliyatida 1998 yilgi jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritgan edi. 

Hindiston milliy jamoasi FIFA reytingida 101-o‘rinda bormoqda.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz

06.08
Avgust