Узбек O'zbek
Grizmann uchun yana bir da’vogar paydo bo‘ldi
Chorshanba, 15 May
10269

14 may kuni «Atletiko»dan ketishini e’lon qilgan Antuan Grizmanning kelajagi noma’lumligicha qolmoqda.

OAVda ushbu futbolchi uchun asosiy da’vogar «Barselona» ekani, tomonlar kelishuvga erishgani, kataloniyaliklar fransiyalik hujumchi uchun shartnomasida ko‘rsatilgan 120 mln yevro miqdoridagi badal pulini to‘lashga tayyorligi haqida xabarlar berilmoqda.

Ammo, Le Parisien ma’lumotiga ko‘ra, Grizmann Fransiya chempionatiga yo‘l olishi ham mumkin. 28 yoshli forvardga «Pari Sen-Jermen» jiddiy qiziqish bildirmoqda va parijliklar uni qo‘lga kiritish uchun kataloniyaliklar bilan raqobatlashmoqchi.

Grizmann «Atletiko» safida 2014 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U madridliklar klubi bilan 3 sovrin: Yevropa Ligasi, Ispaniya Superkubogi va UEFA Superkubogini yutib olgan. U Ispaniya chempionatining yakunlangan mavsumida 36 o‘yinda maydonga tushib, 15 gol urdi va 9 golga uzatma berdi.

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz

06.08
Avgust