Узбек O'zbek
Eldor Shomurodov: «Osiyo kubogidan keyin o‘zimga ishonchim ortdi»
Chorshanba, 15 May
2346

Bugun «Rostov» Rossiya kubogi yarim finalining javob uchrashuvida «Lokomotiv»ni qabul qiladi. Moskvadagi dastlabki bahs 2:2 hisobida durang bilan yakun topgan.

Mazkur uchrashuv oldidan rostovliklar klubi matbuot xizmati hujumchi Eldor Shomurodovdan intervyu oldi.

– Oxirgi vaqtlarda ikki marta «Lokomotiv»ga yutqazdik. Raqib yaxshilab o‘rganib chiqildimi?
– «Lokomotiv»ni yaxshi bilamiz, juda kuchli jamoa. O‘yin qiyin o‘tadi. Lekin bizda finalga chiqib, yevrokuboklarga yo‘l olish imkoni bor. G‘alaba qozonishimizga katta umid bilan qarayapmiz. Qolaversa, «Rostov Arena» yana muxlislar bilan deyarli to‘la holatda bo‘ladi. Bu esa ishtiyoq bag‘ishlaydi.

– Yig‘inlardan oldin Osiyo kubogida qatnashdingiz. O‘zbekiston yomon o‘yin ko‘rsatmadi, penaltilar seriyasidagi mag‘lubiyat alamli bo‘lgandir?
– Juda. Axir yaxshi o‘yin namoyish qildik. Keyingi bosqichlarga chiqa olardik, lekin afsuski, omadimiz kelmadi.

– Osiyo kubogidan keyin o‘yiningizda anchagina ijobiy o‘zgarishlar sezildi.
– O‘zimga o‘zim baho bera olmayman. Lekin bu musobaqa o‘zimga bo‘lgan ishonchimni oshirdi.

– Bahorda ko‘proq o‘yinlarda qatnasha boshladingiz.
– Har qanday futbolchi ko‘proq maydonga tushishni xohlaydi. Murabbiylar shtabi menga ishonch bildirayotganidan mamnunman.

– Yaqin vaqtlar ichida ikkita muhim gol urdingiz. Ikkala safar ham o‘yin oxirida kuchli raqib darvozasiga to‘p kiritdingiz...
– O‘z muxlislaring ko‘z o‘ngida gol urish doimo yoqimli. Jamoaga yordam berganimdan xursand bo‘ldim.

– Qay birini tanlardingiz: shunday muhim o‘yinlarda 2ta gol urishnimi yoki mehmonda autsayderlarga 5ta to‘p kiritish?
– Albatta, qancha ko‘p gol ursam, shuncha yaxshi. Bu jamoa ko‘proq ochko yig‘ishini anglatadi. Bizga qarshi qanday jamoa o‘ynayotgani muhim emas. Men klublarni kuchli va kuchsizga ajratmayman.

– «Krasnodar»ga suzuvchilarning bosh kiyimida gol urganingiz ajoyib chiqdi. Bu bo‘yicha rosa hazillashishdimi?
– Hamma hazil qildi. Felps bilan suzish bo‘yicha poygaga ham taklif qilishdi.

– Suzishni bilasizmi?
– Ha, lekin Felpsni ortda qoldiradigan darajada emas. (kuladi)

Ma’lumot uchun, Shomurodov bu mavsum Rossiya Premer-ligasining 24ta o‘yinida qatnashdi, ularning 8tasida asosiy tarkibda maydonga tushdi; 
3ta gol urib, 1ta golga assistentlik qildi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz