Узбек O'zbek
«Buxoro» Ashurmatovni iste’foga chiqargan. Uning o‘rniga nomzod ham ma’lum
Chorshanba, 15 May
4680

«Buxoro» bosh murabbiy Baxtiyor Ashurmatovni iste’foga chiqargan. Bu ma’lumotni Tribuna.uz manba’si tasdiqladi. Klub bosh murabbiylikka bir qator murabbiylar nomzodini ko‘rib chiqmoqda. Hozircha «Buxoro»ni boshqarish uchun asosiy nomzod Igor Shkvirin bo‘lib turibdi.

«Buxoro» Superliganing 8-turidan so‘ng 6 ochko bilan 13-o‘rinda bormoqda. Jamoa o‘tkazilgan o‘yinlarda bir marta g‘alaba qozongan xolos. Ashurmatov shogirdlari chempionatning oxirgi 4 ta o‘yinida 3 marta mag‘lub bo‘lib, 1 o‘yinda durang o‘ynashdi. O‘tgan yil OKMK bilan O‘zbekiston Kubogida g‘olib bo‘lgan Ashurmatov mavsum boshlanishi oldidan «Buxoro»ni qabul qilib olgandi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz