Узбек O'zbek
Beyl yakshanba kuni «Real» muxlislari bilan xayrlashadi
Chorshanba, 15 May
12028

«Real» yarimhimoyachisi Garet Beyl La Liganing so‘nggi turidan o‘rin olgan va «Santyago Bernabeu»da o‘tkaziladigan «Betis»ga qarshi o‘yinda muxlislar bilan xayrlashmoqchi. 

Avvalroq, bosh murabbiyi Zinedin Zidan 29 yoshli futbolchini o‘z rejalariga kiritmagani va uning yozda jamoani tark etishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ayni paytda Beyl xizmatiga «Tottenhem» va «PSJ» klublari qiziqish bildirmoqda.

Beyl 2013 yildan beri «Real» sharafini himoya qilyapti. U jami 231 o‘yinda maydonga tushib, 102 gol urgan va 64 golli uzatmani amalga oshirgan. Uning maoshi turli bonuslar bilan birga yiliga 27 million yevroni tashkil qiladi.

«Real» - «Betis» o‘yini 19 may kuni o‘tkaziladi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz