Узбек O'zbek
«Atletiko» Grizmann o‘rniga kimni olishini belgilab oldi
Chorshanba, 15 May
6763

«Atletiko» mavsum yakunida jamoani tark etadigan Antuan Grizmann o‘rniga boshqa hujumchi sotib olmoqchi.

AS`ning xabar berishicha, «Yuventus» hujumchisi Paulo Dibala Madrid klubining asosiy nishoniga aylangan. Unga muqobil ravishda «Inter»dan Mauro Ikardini olib kelish varianti ham bor.

Avvalroq Dibalaga «Manchester Yunayted» va «Bavariya» ham da’vogar ekani aytilgan edi. O‘z navbatida, Ikardi atrofidagi vaziyatni «Yuventus» va «Real» klublari kuzatib bormoqda.

Ma’lumot uchun, Paulo bu mavsum A Seriyaning 28ta o‘yinida 5+4 mahsuldorlik natijasini ko‘rsatgan bo‘lsa, Mauro A Seriyaning 27ta turida qatnashib, 10ta gol va 4ta golli uzatmaga muallif bo‘ldi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz