Узбек O'zbek
«Roma» yozda De Rossi bilan xayrlashishini e’lon qildi
Seshanba, 14 May
2900

«Roma» sardori Daniele De Rossi mavsum yakunida jamoani tark etadi. Bu haqda klub rasmiy saytida ma’lum qilindi.

35 yoshli yarimhimoyachi faoliyatiga yakun yasamoqchi emas. U boshqa klubga o‘tishi kutilyapti. Hozircha uning yangi jamoasi noma’lum.

A Seriyaning 38-turidagi «Parma»ga qarshi bahs De Rossi uchun «Roma» safidagi so‘nggi o‘yin bo‘ladi. Uchrashuv 26 may kuni Rimdagi «Olimpiko» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, Daniele butun professional faoliyati davomida «bo‘rilar» sharafini himoya qilib keldi. U 18 yoshida «Roma» a’zosiga aylangan, 2001 yilda asosiy jamoaga qo‘shilgan. De Rossi ikki marta Italiya kubogi va bir marta mamlakat superkubogida g‘alaba qozongan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz