Узбек O'zbek
Infografika: «Real»ning mahsuldorligi Ronaldugacha bo‘lgan davrga qaytdi
Seshanba, 14 May
8458

«Real» bu mavsumdagi o‘yinlarning hozircha 59 foizida g‘alaba qozonib, jami 108ta (bir o‘yinda o‘rtacha 1,9ta) gol urdi.

Bunday past natija oxirgi marta Krishtianu Ronaldu davri boshlanmasidan oldin kuzatilgan edi. Marca nashri e’lon qilgan infografika ma’lumotlari shundan darak bermoqda.

Mavsum / g‘alabali o‘yinlar koeffitsiyenti / jami urilgan gollar soni / bir o‘yinda urilgan o‘rtacha gollar:

2008/09: 62% – 104 (2,1)
Ronaldu keldi
2009/10: 75% – 119 (2,5)
2010/11: 75% – 148 (2,5)
2011/12: 80% – 174 (3)
2012/13: 62% – 153 (2,5)
2013/14: 77% – 160 (2,7)
2014/15: 73% – 162 (2,7)
2015/16: 73% – 138 (2,7)
2016/17: 73% – 173 (2,9)
2017/18: 63% – 148 (2,4)
Ronaldu ketdi
2018/19: 59% – 108 (1,9)

Eslatib o‘tamiz, «qirollik klubi» yakshanba kuni «Santyago Bernabeu»da «Betis»ga qarshi o‘yin bilan mavsumni yakunlaydi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz