Узбек O'zbek
RPL. «Zenit» markaziy o‘yinda SSKAni 3:1 hisobida yengdi, Dzyuba uchta golga assistentlik qildi
Yakshanba, 12 May
1306

Rossiya chempionatining 28-tur o‘yinlari o‘tkazildi. Chempionlikni rasmiylashtirib bo‘lgan «Zenit» o‘z maydonida SSKAni qabul qilib, 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Sebastyan Driussi ikkita gol urdi. Artyom Dzyuba esa jamoasining uchta goliga ham assistentlik qildi. «Zenit» o‘yin yakunida Rossiya chempionati bosh sovrinini qabul qilib oldi.

RPL. 28-tur

Zenit – SSKA 3:1

Gollar: Driussi (38, 86), Rigoni (62) – Oblyakov (30).
Zenit: Lunyov, Anyukov, Rakitskiy, Ivanovich, Jirkov (Nabiullin, 83), Shatov (Mak, 68), Ozdoyev, Barrios, Dzyuba, Ozmun (Rigoni, 61), Driussi.
SSKA: Akinfeyev, Diveyev, Vasin (Sigurdsson, 75), Rodrigo Bekao, Fernandes, Bistrovich, Vlashich, Oblyakov, Axmetov (Shennikov, 60), Biyol (Ernandes, 43), Chalov.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz