Узбек O'zbek
Kanchelskis shogirdlari qahramonlik ko‘rsatgan va oxiri janjalga ulanib ketgan «Paxtakor» – «Navbahor» o‘yinidan fotogalereya
Yakshanba, 12 May
4780

Superliga 8-turining markaziy o‘yini «Paxtakor» stadionida o‘tkazildi. Chempionat yetakchisi «Paxtakor» o‘z maydonida «Navbahor»ni qabul qildi. O‘yin shiddatli kechishi aniq edi, chunki «Paxtakor» OCHLda muvaffaqiyatli o‘yin o‘tkazgan, «Navbahor» esa Kanchelskis murabbiyligida yaxshi o‘yin ko‘rsata boshlagandi.

Birinchi bo‘limda Dragan Cheran «Paxtakor»ning ajoyib kombinatsiyasini golga aylantirdi. Bu vaziyatda Farux Sayfiyevning harakatlarini ham ta’kidlash kerak. Ikkinchi bo‘lim avvalida esa Cheran endi penaltidan gol urib, farqni ikkitaga oshirdi. Ammo «Navbahor» taslim bo‘lmadi va qahramonlarcha durang o‘ynadi.

Avvaliga Oston O‘runov jamoadoshi Abbos G‘ulomovning super reydidan so‘ng farqni qisqartirgan bo‘lsa, 81-daqiqada tayanch zonasida ajoyib o‘yin ko‘rsatgan Abdujamol Isroilov hisobni tenglashtirdi. Bu ikki futbolchining olimpiya terma jamoasida o‘ynashini ham ta’kidlash kerak.

O‘yin oxirida esa hakamning kulguli xatosi sabab janjal yuzaga keldi. Qanot hakami «Paxtakor» futbolchisi to‘pni autdan tashlab bergan vaqtda oysayd qayd etdi va kulguga qoldi. Bu xato esa ikki jamoa futbolchilari o‘rtasida janjalni yuzaga keltirdi.

Shu tariqa dramatik tarzda o‘tgan o‘yin 2:2 hisobida yakunlandi. Tribuna.uz fotomuxbiri bu ajoyib o‘yinni stadionda kuzatdi va undagi voqealarni kadrga muhrladi. Quyida «Paxtakor» – «Navbahor» o‘yinidan tayyorlangan fotogalereyani e’tiboringizga havola qilamiz.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz