Узбек O'zbek
Rossiya Premer-Ligasini tark etgan yana bir klub ma’lum bo‘ldi
Shanba, 11 May
1403

Rossiya Premer-Ligasida 28-turdan o‘rin olgan bir o‘yin yakunlandi.

«Yenisey» o‘z maydonida «Krasnodar»ni qabul qilib, 0:4 hisobida yutqazdi. Gollar Klasson, Gazinskiy, Ignatev va Suleymanov hisobiga yozildi.

Bu natijadan so‘ng, «Yenisey» klubining Premer-Ligani tark etishi aniq bo‘ldi. Jamoa 19 ochko bilan so‘nggi o‘rinni egallab turibdi. «Krasnodar» 50 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda.

Avvalroq, «Anji» Premer-Ligadan tushib ketgan ilk klub bo‘lgan edi.

RPL, 28-tur
Yenisey – Krasnodar 0:4 (0:2, 0:2)

11 may, «Markaziy» stadioni
Gollar: 0:1 – 31 Klasson, 0:2 – 36 Gazinskiy, 0:3 – 78 Ignatev, 0:4 – 87 Suleymanov. 
Yenisey – Nesterenko, Danchenko, Yatchenko, Gajibekov (Kutin, 76), Sarr, Komkov (Xubulov, 46), Komolov, Semakin, Zotov (Kichin, 12), Ogude, Sobolev.
Krasnodar – Safonov, Petrov, Spayich, Martыnovich, Ramires, Gazinskiy, Pereyra (Olsson, 79), Vanderson (Suleymanov, 71), Kabore, Klasson, Ari (Ignatev, 66).
Ogohlantirishlar: Pereyra (51), Xubulov (75).

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz