Узбек O'zbek
Klopp Yevropa ligasi finalining Bokuda bo‘lishini «kulgili» va «mas’uliyatsizlik» deb hisoblashini aytdi
Shanba, 11 May
7393

«Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp Yevropa ligasi finali uchun nega Boku shahridagi stadion tanlanganiga tushunmayotganini bildirdi. Eslatib o‘tamiz, 29 may kuni Ozarboyjon poytaxtidagi «Olimpiya» stadionida «Chelsi» va «Arsenal» YeL bosh sovrini uchun maydonga chiqadi.

«Albatta, Madridga borib kelish arzonga tushmaydi. Lekin har holda, bu shahar hech bo‘lmaganda dunyoning narigi chekkasida emas-ku. Yevropa ligasi finalining Bokuda bo‘lishi kulgili axir. Bu qarorni qabul qilganlarga nonushtaga nima berishgan, bilmayman.

O‘tgan safar Chempionlar ligasi finali Kiyevda bo‘lgandi. Kiyev – juda zo‘r shahar, biroq birorta rus klubi yoki jahonning bu qismidagi birorta jamoa YeCHL finaliga chiqishi ehtimoli juda kam.

Bokuga qanday yetib borish mumkin, u yerga doimiy reyslar bormi, bular haqida tushunchaga ega emasman.

Bu kabi qarorlarni qabul qilishda yetti o‘lchab bir kesish kerak. Bu yerda mas’uliyatsizlik qilishgan. Shaharlar qaysi mezonlar asosida tanlanishini bilmayman. Ehtimol, o‘yin vaqtida shahardagi narx-navoni pasaytirish yoki hech bo‘lmasa shu holicha muzlatib qo‘yish bo‘yicha oldin kelishib olish kerakdir. Eshitishimcha, mehmonxonadagi 100 funtlik nomerlarning narxi 2700 funtga ko‘tarilib ketibdi», – degan Kloppning so‘zlarini keltirmoqda Sky Sports.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha YeL finali ishtirokchisi bo‘lgan Londonning ikki klubiga Olimpiya» stadionidan olti mingtadan o‘rin ajratilgani ma’lum bo‘lgandi.

«Arsenal»: UEFA qaroridan hafsalamiz pir bo‘ldi

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz