Узбек O'zbek
Suares operatsiya qilindi, u Kopa Amerikani o‘tkazib yuborishi mumkin
Juma, 10 May
3534

«Barselona» hujumchisi Luis Suares bugun ertalab o‘ng tizzasidan operatsiya qilindi. Klub matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, uning tiklanib, maydonga qaytishi uchun 4-6 hafta vaqt talab etiladi.

Urugvaylik futbolchining o‘ng tizzasi bir necha yildan buyon bezovta qilib keladi. Chempionlar ligasi yarim finalida «Liverpul»ga qarshi ilk o‘yinda eski jarohatini yangilab olgandi. Javob uchrashuvi natijasida klub musobaqani tark etgach, Suares jarrohlik yo‘li bilan muammoga to‘la barham berishga qaror qilgan.

Shu tariqa, 32 yoshli Luis uchun mavsum yakunlandi. U «Barsa»ning so‘nggi uchta o‘yinida, xususan Ispaniya kubogi finalidagi «Valensiya»ga qarshi bahsda ishtirok etmaydi. Final 25 may kuni Sevilyadagi «Benito Villamarin» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Suares 14 iyunda Braziliyada start oladigan Kopa Amerikaga qadar tiklanib ulgurishi mumkin. Musobaqa Urugvay milliy jamoasi Ekvador, Yaponiya va Chili bilan bir guruhdan o‘rin olgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz

06.08
Avgust